locale OZ

Artyom Potapov: «Andijon»da maksimal darajada g'alaba qozonish va o'yinlarni quruq o'tkazishni istayman»

«Andijon» klubi transfer qilgan yangi futbolchilari orasida rossiyalik darvozabon Artyom Potapov ham borligini bilasiz.
Artyom Potapov: «Andijon»da maksimal darajada g'alaba qozonish va o'yinlarni quruq o'tkazishni istayman»
photo: Andijon fk

«Andijon» klubi transfer qilgan yangi futbolchilari orasida rossiyalik darvozabon Artyom Potapov ham borligini bilasiz. U jamoaga moslashib ketdi va mashg'ulotlarda ham astoydil ishlamoqda.

Bilasiz, Potapov yurtimizda hozirga qadar «Surxon» bilan «Xorazm»da faoliyat olib borgan. Endilikda «Andijon» sharafini himoya qiladi.

Darvozabon bu boradagi dastlabki intervyusini berdi.

- Artyom, «Andijon»ga ko'chib o'tishingizning asosiy sababi nima?

- «Andijon»ga kelib qo'shilish varianti paydo bo'lganidayoq o'ylab o'tirmasdan qaror qabul qildim. Chunki uni o'ziga xos tarix va katta ishqibozlar armiyasiga boy klub sifatida bilaman. Murabbiylar shtabi ham kuchli ijrochilardan. Futbolchilarni hammasi ham qobiliyatli.

- Bungacha siz O'zbekistonda «Surxon» va «Xorazm» uchun o'ynagansiz. Faoliyatingizning «Andijon»dagi yangi bosqichida nimalarni kutyapsiz?

- Yuqori talabga mos tushishga harakat qilaman. Kerakli natijalar qo'lga kiritilishi uchun o'zimdagi bor kuchni sarflashga tayyorman va bu bilan muxlislarni quvontirish maqsadim bor.

- Yangi jamoada himoyachilar bilan darvozabonning bir-birlarini tushunishlari qay darajada muhim?

- Bunday futbolchilar jamlangan jamoada kirishib ketish hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi. Shunday muhitda futbol maydonida ham, uning tashqarisida ham bir-biringiz bilan osongina til topishish mumkin.

- «Andijon» ishtirokidagi uchrashuvlarda stadiondagi muhit haqida eshitgan bo'lsangiz kerak. Klub ishqibozlariga nima degan bo'laridingiz?

- Nafaqat eshitganman, balki ilgari bu stadionda o'zim ham o'ynab muhitni qandayligini sezganman. Ajoyib qo'llab-quvvatlash! Bu yerda har bir uy o'yini haqiqiy bayramga aylanib ketadi.

- Hozirgacha qaysi o'yin yoki qaysi seyvingizni faoliyatingizdagi eng esda qolarlisi deb hisoblaysiz?

- Siz sanab o'tgan jihatlar juda ham ko'p. Qaysi birini esga olishni ham bilmayman. Ammo umid qilamanki, eng yaxshilari hali oldinda!

- «Andijon» tarkibida mavsumning ikkinchi qismi uchun o'zingizga shaxsiy maqsad sifatida nimani qo'ymoqchisiz?

- Maksimal darajada g'alaba qozonish va o'yinlarni quruq o'tkazishni istayman.

- «Andijon» muxlislariga uchta so'z bilan ta'rif bera olsangiz qaysi xususiyatlarini sanab o'tgan bo'lardingiz?

- Ishonchli, tajribali va umidli!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting