locale OZ

Artur Yunusov — «Sayxun» professional futzal klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi!

Sirdaryo viloyatining "Sayxun" professional futzal klubida rahbariyat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoaning yangi bosh murabbiyi masalasi ko‘rib chiqildi.
 Artur Yunusov — «Sayxun» professional futzal klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi!
photo: UFF

Sirdaryo viloyatining "Sayxun" professional futzal klubida rahbariyat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoaning yangi bosh murabbiyi masalasi ko‘rib chiqildi.

Klub matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, mamlakat Oliy ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jamoa oldida yangi mavsumda elitada munosib ishtirok etish vazifasi turibdi. Shu bois rahbariyat Oliy ligada ishlash tajribasiga ega, katta futzal maktabidan o‘tgan mutaxassislar nomzodlarini ko‘rib chiqib, yakunda Artur Yunusov nomzodida to‘xtaldi.

Eslatib o‘tamiz, Artur Yunusov o‘tgan mavsum mamlakat vice-chempioni va O‘zbekiston kubogi finalchisi bo‘lgan SQB jamoasida bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan.
Yangi mavsumda Artur Yunusovga murabbiylar shtabida Ravshan Tolibov hamda Jabbor Quliyev yordam beradi.

Sirdaryoda katta futzal yana jonlanmoqda. "Sayxun"ning yangi murabbiylar shtabi jamoani Oliy ligadagi debyut mavsumida munosib natijalarga olib chiqishi muxlislarning asosiy umidlaridan biri bo‘lib turibdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting