Artur yana La Ligada to‘p surishi mumkin
Photo: Getty Images
“Barselona” va “Liverpul”ning sobiq yarim himoyachisi Artur faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
"Yuventus" yarim himoyachisi "Betis" bilan muzokaralar olib bormoqda va u bilan deyarli kelishib bo‘lgan. Shuningdek, braziliyalik futbolchiga Qatar klubi ham qiziqish bildirmoqda, ammo futbolchi Yevropada qolishni istamoqda.
Qayd etilishicha, 28 yoshli futbolchining "Gremio"ga qaytishi hozircha ko‘rib chiqilmayapti.
Artur 2024/25 yilgi mavsumda "Jirona" safida La Ligada 15 ta o‘yin o‘tkazdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor