Artur Melo «Yuventus»ni tark etib, vataniga qaytmoqchi
Фото: Getty Images
“Yuventus” yarim himoyachisi Artur Melo faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi “Gremio” bilan muzokara olib bormoqda. Artur “zebrlar” bilan shartnomasini o‘zaro kelishuv asosida bekor qilishi mumkin.
Shundan so‘ng u erkin agent sifatida “Gremio” safiga borib qo‘shilishi ehtimoli bor.
2025 yil fevral oyidan iyun oyigacha Melo Ispaniyaning “Jirona” klubida ijarada to‘p surdi. U 15 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta samarali harakat qayd etmadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist