locale OZ

Artetaning oʻgʻli «Arsenal» U18 jamoasi safida debyut qildi

Otasidan farqli oʻlaroq, u vinger pozitsiyasida harakat qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Artetaning oʻgʻli «Arsenal» U18 jamoasi safida debyut qildi
FOTO: Getty Images

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Artetaning to‘ng‘ich o‘g‘li Gabriel Arteta London klubining 18 yoshgacha bo‘lgan (U18) yoshlar jamoasida debyut qildi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

16 yoshli Gabriel Arteta Bernal fevral oyidayoq «Arsenal» U18 jamoasining «Ipsvich»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini qaydnomasiga kiritilgan edi.

Chorshanba kuni esa Gabrielning U18 jamoasidagi to‘liq debyuti amalga oshdi. «Blekbern»ning tengqur futbolchilariga qarshi kechgan bahsning 70-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Bernal jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.

ESPN nashrining ta’kidlashicha, «Everton», «PSJ» va «Arsenal» klublarida markaziy yarimhimoyachi sifatida to‘p surgan otasidan farqli o‘laroq, Gabriel vinger pozitsiyasida harakat qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting