locale OZ

Artetaning “Arsenal”dagi yangi maoshi ma’lum bo‘ldi

44 yoshli ispaniyalik mutaxassisning yangi kelishuvi to‘rt yilga mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Artetaning “Arsenal”dagi yangi maoshi ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta klub bilan yangi shartnoma imzolagach, Angliya Premyer-ligasidagi eng ko‘p maosh oladigan murabbiyga aylandi. 44 yoshli ispaniyalik mutaxassisning yangi kelishuvi to‘rt yilga mo‘ljallangan. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Arteta yangi shartnoma bo‘yicha yiliga taxminan 20 million funt maosh oladi. Turli bonuslar hisobga olinsa, uning bir yillik daromadi 25 million funtgacha yetishi mumkin. Avvalgi kelishuv bo‘yicha esa murabbiyga taxminan 12 million funt va yana 3 million funt miqdorida bonuslar ko‘zda tutilgan edi.

Arteta “Arsenal”ni 2019-yil dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. U o‘tgan mavsum londonliklarni 22 yillik tanaffusdan so‘ng yana Angliya chempionligiga olib chiqdi, shuningdek jamoa uning qo‘l ostida Yevropaning yetakchi klublari qatoriga qaytdi.

Ma’lumot uchun, Artetaning yangi shartnomasi 2030-yil yozigacha amal qiladi. Agar u kelishuvni oxirigacha bajarsa, “Arsenal”dagi murabbiylik faoliyati qariyb 11 yilga yetadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting