Arteta: \"Tarix yozmoqdamiz va yanada ko'prog'ini xohlaymiz\"
Londonning “Arsenal” jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta “PSJ”ga qarshi chempionlar ligasining yarim final dastlabki o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirdi:
"Bu mavsumda uddalash qiyin bo'lgan yo'lni bosib o'tdik va hozir yevropaning eng kuchli to'rt jamoasidan birimiz. Biz tarix yaratyapmiz hamda bundan ko'prog'ini xohlaymiz. O'yin uchun hayajonlanmayapman. Futbolchilarimga aytdim, butsilarizni, formangizni olib keling, birgalikda futbol o'ynaymiz. Mana shundagina biz umid qilgan, biz ko'rishni xohlagan o'zgacha narsaga erisha olamiz.
Klubda uzoq yillardan beri katta ishlarni amalga oshirib kelinmoqda, ammo hozircha chempionlar ligasi g'olibi bo'lmaganmiz. Avvalo finalga yetib borishimiz kerak, hammasini tez orada ko'ramiz.
“PSJ” yaxshi shakllangan jamoa va individual harakatga ega futbolchilari ham ajoiyib formada. Lekin, bizning jamoa ham shunday darajada. Bu bosqichda har ikki jamoa o'rtasidagi farq katta emas.
Futbolchi sifatida o'ynaganimda ham murabbiy bo'lib ishlayapganimda ham “Arsenal” muhlislarini alohida e'tirof etgan bo'lardim. Biz birgalikda klubni ham muhlislarni ham qanday qudratga ega ekanligini ko'rsatib qo'ymoqchimiz",-deydi mutaxassis
Eslatib o'tamiz “Arsenal”-"PSJ" uchrashuvi 30 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.