Arteta: "Tarix yaratish vaqti keldi!"


“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta “Real Madrid"ga qarshi bahs oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"Ushbu o'yinda eng muhim uchta jihat bor. Bular jismoniy taraf, texnik-taktik taraf va hissiy taraflardir. Emotsiyalar juda ham muhim, chunki butun mavsum davomida jamoamga bo'lgan ishonchim juda ham yuqori bo'lgan. Yaxshi kunlarda ham, yomon kunlarda ham shunday edi. Shuning uchun ham senariy asosida tayyormiz, har qanday vaziyatni o'z qo'limizda ushlashimiz mumkin. Har qanday o'yinni zavqlanib o'ynamoqchimiz. "Madrid"dan qo'rqmaymiz, lekin ularga xurmat saqlaymiz. “Real” erishgan yutuqlar, u yaratgan tarix bularning barchasi har qanday murabbiy, menejer va jamoa uchun zavqli tuyg'udir. Ko'plab klublar o'zining tarixini bir necha yillar davomidagi urinishlar orqali yaratadi. Ko'plab harakatlar orqali, ba'zilari o'xshaydi, ba'zilari yo'q. O'tgan yili tajriba ortirdik. Endi esa yanada yaxshirog'ini amalga oshirmoqchimiz. Klubimiz uchun tarix yaratish vaqti keldi!",-deydi bosh murabbiy

Futbol
Kecha da 17:06

Futbol
Kecha da 14:13

Futbol
Kecha da 13:19