locale OZ

Arteta Merinoning jarohati haqida: «Bo‘lajak operatsiya yuz foizlik muvaffaqiyatni kafolatlamaydi»

«Arsenal» yarimhimoyachisi avvalroq oʻng oyogʻidan jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arteta Merinoning jarohati haqida: «Bo‘lajak operatsiya yuz foizlik muvaffaqiyatni kafolatlamaydi»
FOTO: Getty Images

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta londonliklar va Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Mikel Merinoning jarohati borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Yevropa chempioni o‘ng oyog‘idagi suyak shikastlanishi tufayli operatsiya qilinishi kutilmoqda.

«Merinoning bo‘lajak operatsiyasi 100 foizlik muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. Bu jamoamiz uchun jiddiy zarba, chunki u turli pozitsiyalarda harakat qila oladigan universal futbolchi. Jarohat shunchalik kam uchraydigan turdaki, uning qanchalik tez tiklanishini hozircha aniq ayta olmaymiz. Biz Mikelga ishonamiz, ammo reabilitatsiya jarayonining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olishimiz kerak. Mavsum yakunlanishi arafasida bunday muhim o‘yinchini yo‘qotish bizni munosib o‘rinbosar qidirishga majbur qiladi», — deya Artetaning so‘zlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.

OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, 29 yoshli ispaniyalik xavbek mavsum oxirida safga qaytishi mumkin, biroq uning yozda bo‘lib o‘tadigan JCH-2026ni o‘tkazib yuborish xavfi ham mavjud.

Ma’lumot uchun: Joriy mavsumda 29 yoshli Merino barcha turnirlarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting