locale OZ

Arteta Mareskaning isteʼfosiga munosabat bildirdi

Avvalroq «Chelsi» italiyalik mutaxassis bilan xayrlashgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arteta Mareskaning isteʼfosiga munosabat bildirdi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta «Chelsi»dan italiyalik mutaxassis Enzo Mareskaning ketishi borasida fikr bildirdi. London klubi Mareska bilan xayrlashganini kecha, 1 yanvar kuni rasman e’lon qilgan edi.

«Unga faqat eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Men Enzoni ham inson, ham professional sifatida juda hurmat qilaman. O‘ylaymanki, u “Chelsi”da ajoyib ish qildi. Qaror allaqachon qabul qilingan, endi esa unga faqat omad tilash qoladi», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi «Chelsi» rasmiy sayti.

Ayni paytda «Chelsi» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 19 o‘yindan so‘ng 30 ochko jamg‘arib, beshinchi o‘rinni egallab turibdi. «Arsenal» esa 45 ochko bilan chempionat peshqadami bo‘lib turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting