Arteta: «Ko‘pgina futbolchilardan muammolar yetarli, ular mashgʻulot oʻtkaza olishmayapti, lekin hammasiga chidab kelishmoqda»
«Arsenal» bosh murabbiyi jamoadagi ichki muammolar haqida gapirdi.
FOTO: Getty Images
Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa futbolchilari hozirda ruhiy jihatdan unchalik yaxshi bo‘lmagan davrni boshdan kechirayotganini aytdi. Mutaxassis «to‘pchilar» tarkibida muammolar ko‘pligini ta’kidlab o‘tdi.
«Hissiy jihatdan biz duch kelayotgan barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishimizga to‘g‘ri kelyapti. Ko‘pgina futbolchilarda muammolar yetarli, ular to‘liq mashg‘ulot o‘tkaza olishmayapti, lekin baribir hammasiga chidab kelishmoqda. Shuning uchun ham ularning qilayotgan ishlarini juda qadrlayman», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi «Arsenal» rasmiy sayti.
Ayni paytda «Arsenal» Angliya Premyer-ligasining 29-turidan so‘ng 64 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist