locale OZ

Arteta Jezusning kelajagiga oydinlik kiritdi

Braziliyalik futbolchining «Arsenal» bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arteta Jezusning kelajagiga oydinlik kiritdi
FOTO: Getty Images

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa hujumchisi Gabriel Jezusning yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar vaqtida klubni tark etishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, ispaniyalik mutaxassis hali 28 yoshli futbolchiga ishonadi va uning jarohatdan keyin maydonga qaytishini kutyapti.

Jezus 2022 yil yozidan buyon «Arsenal» sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u barcha musobaqalarda 96 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol urgan va 20 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Braziliyalik hujumchining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting