Arteta jarohat olgan Trossard va Kalafyorilar ham gapirdi
Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa futbolchilari Leandro Trossard va Rikkardo Kalafyorining Angliya Kubogi doirasidagi bahsda olgan jarohatlari borasida ma’lumot berdi.
Angliya Kubogining beshinchi bosqichi doirasida kechgan «Mensfild Taun»ga qarshi uchrashuvda (2:1) belgiyalik hujumchi 38-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, italiyalik himoyachi 76-daqiqada almashtirildi.
«Har ikki futbolchida sog‘lig‘i bilan bog‘liq kichik muammolar yuzaga keldi va ular o‘yinni davom ettirishda noqulaylik sezishdi. Ayniqsa, bugungi ob-havo va maydon sharoitida bunday holat yuz berishi mumkinligini taxmin qilgan edik. Shu sababli, biz ularni zaxiraga olishga qaror qildik», — deya Artetaning so‘zlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning 1/4 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi 9 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Angliya Kubogining amaldagi g‘olibi «Kristal Pelas» hisoblanib, ular o‘tgan yilgi finalda «Manchester Siti»ni 1:0 hisobida mag‘lub etishgan edi.