locale OZ

Arteta: «Gyokeresh «Sporting»ga qarshi oʻyinni intiqlik bilan kutyapti»

Ushbu uchrashuv bugun, 7 aprel kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arteta: «Gyokeresh «Sporting»ga qarshi oʻyinni intiqlik bilan kutyapti»
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Yevropa Chempionlar Ligasining chorak finali doirasida Lissabonning «Sporting» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jamoalarning dastlabki to‘qnashuvi bugun, 7 aprel kuni Lissabondagi «Joze Alvalade» stadionida bo‘lib o‘tadi.

«Sporting»ning yutuqlariga, ayniqsa, o‘z maydonidagi natijalariga va ushbu mavsumda qaysi jamoalarni mag‘lub etganiga e’tibor qaratsak, bo‘lajak o‘yin qanchalik qiyin kechishini tushunib yetamiz. Aynan shu omil bizdagi g‘alaba qozonish ishtiyoqini yanada kuchaytirmoqda», — deya murabbiyning so‘zlarini keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.

Shuningdek, Arteta sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadigan hujumchi Viktor Gyokeresh haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

«O‘ylaymanki, Viktor ushbu uchrashuvni intiqlik bilan kutmoqda. U hayajonda va «Sporting»da o‘tkazgan vaqtlari uchun klubdan juda minnatdor. Buni uning klub xodimlari, futbolchilar va jamoa atrofidagi insonlar haqida gapirayotganidan ham bilish mumkin. Lissabonda orttirgan tajribasi uning faoliyatidagi eng muhim bosqichlardan biri bo‘lgan».

Eslatib o‘tamiz, Viktor Gyokeresh 2025 yilning iyul oyi oxirida «Sporting»dan «Arsenal» safiga ko‘chib o‘tgan edi. Hujumchi 2023 yildan 2025 yilga qadar Portugaliya klubi sharafini himoya qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting