Arteta: «Gvardiola futbolchi sifatida mening qahramonim edi»
Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta «Manchester Siti»ni boshqarayotgan Pep Gvardiolani o‘zining qahramoni deb atadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Arteta Gvardiolaning murabbiylar shtabida ishlagan.
«Men uni 15 yoshimda uchratganman. U futbolchi sifatida mening qahramonim edi. Biz birga ishladik va hayotimdagi eng yaxshi davrlardan birini boshdan kechirdik. Va takrorlayman, bugun men shu kresloda o‘tirganim — aynan uning ulkan merosi.
Ehtimol, chunki biz «Barselona»da olingan filosofiayimiz va tarbiyamiz nuqtai nazaridan bir-birimizga juda yaqin edik.
Shundan so‘ng, men klubdan ketib, boshqa tajriba olishni to‘g‘ri deb hisobladim. U esa meni darhol o‘z murabbiylar shtabiga qo‘shishga imkon berdi. Bu mening hayotimdagi eng yaxshi qarorlardan biri», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.