locale OZ

Arteta: «Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni istaymiz»

YECHL finali 30 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arteta: «Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni istaymiz»
ФОТО: Getty images

Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Artetaning aytishicha, APLdagi g‘alaba jamoaga Chempionlar ligasi finalida o‘zini ishonchliroq his qilishiga yordam beradi.

“Arsenal” ketma-ket uch mavsum ikkinchi o‘rinni egallaganidan so‘ng Angliya chempioniga aylandi. 30 may, shanba kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalida “kanonirlar” “PSJ”ga qarshi bahs olib boradi.

“Chunki yuqorida kimdir sayyoralarni shunday joylashtirganki, bu sodir bo‘lishi kerak edi. Boshqa mavsumlarda muvaffaqiyatga yaqin edik, ammo nimadir yetishmasdi. Boshidan his-tuyg‘ular boshqacha edi, lekin biz baribir barqaror edik.

Biz juda yaqin kelishimizga ishongandim. G‘alaba qozonishimizga emas, chunki bu ko‘p omillarga bog‘liq. Mening vazifam o‘yinchilarni o‘zlarini eng zo‘r his qilishlariga ishonch hosil qilishdan iborat edi, chunki shubhali lahzalar ham bo‘ldi. Men ularga quvvat berdim va bu ularning hayotidagi eng yaxshi vaqt ekanini aytdim.

Yelkangizdan tog‘ ag‘darilganda, xursandchilik va yengillikni his qilasiz.

Siz: “Endi bu bizda bor”, deysiz. Endi biz bundan his-tuyg‘ular, umid va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish ishtiyoqining sunamisi sifatida foydalanishimiz kerak”, — deya Artetaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca.

Bir kun avval Arteta Britaniyaning BBC teleradiokompaniyasidan “APLning 2025/2026 yilgi mavsumidagi eng yaxshi murabbiyi” mukofotini oldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting