locale OZ

Arteta: «Bu — futbol, unda hamma narsa boʻlishi mumkin»

«Arsenal» bosh murabbiyi «Bornmut»dan uchralgan magʻlubiyat haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arteta: «Bu — futbol, unda hamma narsa boʻlishi mumkin»
FOTO: Getty Images

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Premyer-liganing 32-turida «Bornmut»dan qabul qilingan mag‘lubiyatga (1:2) munosabat bildirdi.

«Bu juda katta hafsalapirlik va yuzimizga berilgan kuchli zarba bo‘ldi. Endi hammasi beradigan reaksiyamizga bog‘liq. Jamoamiz bejizga ketma-ket 11 o‘yinda mag‘lub bo‘lmay kelayotgan edi — yigitlar ko‘p narsani to‘g‘ri bajarishdi. Ammo bugun samaradorlik yetishmadi.

Raqibning jarima maydonchamizdagi ilk vaziyati, rikoshet va himoyadagi xato gol bilan yakunlandi. Bunday holatdan so‘ng o‘zimizga kelib olishimiz kerak.

Ikkinchi bo‘limda boshqacha o‘yin kutgan edim. Bugun ko‘p g‘alati ishlar qildik, vaholanki, odatda juda barqaror harakat qilamiz. Bu — futbol, unda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Futbolchilarga juda og‘ir, shunday bo‘lishi ham kerak. Ular buni boricha qabul qilib, oyoqqa turishlari va yana jangga kirishishlari lozim, aks holda kurashdan chiqib ketasan. Oldinda bizni muhim hafta kutmoqda, ko‘p narsa garovda turibdi. Biz hali ham ikkala turnirda yaxshi holatdamiz», — deya Artetaning so‘zlarini keltirmoqda BBC.

Bugungi holatga ko‘ra, «Arsenal» 70 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Bornmut» esa 45 ochko jamlagan holda 9-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Navbatdagi turda «kanonirlar» 19 aprel kuni safarda «Manchester Siti» mehmoni bo‘lishadi. «Bornmut» ham 18 aprelda safarda «Nyukasl»ga qarshi bahs olib boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting