locale OZ

Arteta: «Bu «Emireyts» stadionida boshdan kechirgan eng unutilmas lahzalarimizdan biri boʻldi»

«Arsenal» bosh murabbiyi «Everton» ustidan qozonilgan gʻalaba haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arteta: «Bu «Emireyts» stadionida boshdan kechirgan eng unutilmas lahzalarimizdan biri boʻldi»
FOTO: Getty Images

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premyer-ligasining 30-turi doirasida «Everton»ga (2:0) qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«O‘yindan oldin futbolchilar bilan har bir epizodda g‘alaba qozonishga bo‘lgan tinimsiz intilish hamda o‘yin yakuniga qadar ijobiy natijaga erishishga bo‘lgan ishonch haqida gaplashib olgan edik. Maydonda ko‘rsatilgan mahorat shunchaki hayratlanarli edi. Uchrashuv hech kimimiz kutmagan tarzda yakunlandi. Bu «Emireyts» stadionida birgalikda boshdan kechirgan eng unutilmas lahzalarimizdan biri bo‘ldi», — deya ta’kidladi Arteta «kanonirlar» rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Ayni damda «Arsenal» 70 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting