locale OZ

Arteta: «Bizni oldinda nimalar kutayotganini yaxshi bilamiz»

«Arsenal» ustozi «Napoli»ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arteta: «Bizni oldinda nimalar kutayotganini yaxshi bilamiz»
ФОТО: Getty images

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida «Napoli»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs haqida fikr bildirdi.

«Bu haqiqatan ham murakkab bahs bo‘ladi. Men avval ushbu stadionda bo‘lganman va ular qanday muhit yaratishini bilaman. Uy maydonidagi natijalari chindan ham ta’sirli. Ularning tajribali murabbiyi va ligada o‘ynagan ko‘plab futbolchilari bor. Shu sababli bizni nimalar kutayotganini bilamiz. Biz tayyormiz va a’lo kayfiyatdamiz», — deya Artetaning so‘zlarini klub matbuot xizmati keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, «Napoli» va «Arsenal» o‘rtasidagi bahs 9 sentyabr kuni Neapoldagi «Diyego Armando Maradona» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting