Arteta: «Biz intizomli, irodali va himoyada aqlli o‘yin ko‘rsatdik»
APL 34-turidan o‘rin olgan “Arsenal” va “Nyukasl” bahsidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘z fikrlarini bildirdi.
“Nyukasl” o‘yin davomida beshta o‘zgarish amalga oshirdi, lekin ular o‘ntadek tuyuldi. Biz g‘alaba qozonishga majbur edik, ustunligimiz unchalik katta emas edi, ammo uddaladik.
Har ikki bo‘limda ba’zi vaziyatlar bo‘ldi. Biz intizomli, irodali va himoyada aqlli o‘yin ko‘rsatdik, biroq agar o‘yin davomida ustunlik qilishni istasak, to‘p bilan yanada yaxshiroq harakatda bo‘lishimiz kerak.
Bu boshqa ko‘plab jihatlarga ham tegishli, masalan, biz hujumlarni oxirigacha yetkazmasligimiz, necha marta hujumni tugatishimiz, maydonning oxirgi qismida qulay pozitsiya egallab, vaziyatni davom ettirishimiz kerak bo‘lgan holatlarda hujumlar uzilib qolar edi”, — deya Arteta so‘zlarini keltiradi Sky Sports.