locale OZ

Arteta “Arsenal”da qolishga qaror qildi — manba

Ispaniyalik mutaxassis “kanonirlar” bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arteta “Arsenal”da qolishga qaror qildi — manba
Foto: Getty Images

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta London klubidagi faoliyatini davom ettirishga qaror qildi. Ispaniyalik mutaxassis “kanonirlar” bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Grem Beyli xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Arteta yoz davomida klub rahbariyatiga jamoani tark etish niyati yo‘qligini bildirgan. 44 yoshli murabbiyga Saudiya Arabistoni klublari tomonidan qiziqish bo‘lganiga qaramay, u “Arsenal” loyihasida qolishni istamoqda.

Artetaning amaldagi shartnomasi 2027-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar ijobiy kechmoqda va klub yaqin vaqt ichida murabbiy bilan kelishuvga erishishiga ishonmoqda.

Ma’lumot uchun, Arteta “Arsenal”ni 2019-yil dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. O‘tgan mavsumda londonliklar uning qo‘l ostida 22 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya Premyer-ligasi chempionligini qo‘lga kiritdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting