locale OZ

Arteta «Arsenal» mashgʻulotlariga yangilik kiritdi

Ispaniyalik mutaxassis avvalroq futbolchilarning hushyorligini oshirish uchun professional cho‘ntakkesarlarni jalb qilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arteta «Arsenal» mashgʻulotlariga yangilik kiritdi
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning mashg‘ulotlar jarayoniga g‘ayrioddiy usullarni joriy etishda davom etmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida klubning Londondagi so‘nggi mashg‘ulotlaridan olingan qiziqarli surat va videolar tarqaldi.

Yangi mashqning mohiyati shundan iboratki, futbolchilar bir qo‘lida bir nechta ruchka yoki qalamni ushlab turgan holda, oyoqlari bilan to‘pni nazorat qilishlari lozim. Futbolchilar guruhlarga bo‘lingan holda kantselyariya buyumlarini birgalikda ushlab turishdi va shu bilan birga to‘pni avval oyoqda, keyin esa bosh bilan boshqarishdi.

Muxlislarning taxminiga ko‘ra, ushbu mashq diqqatni jamlash va to‘p nazoratini bir vaqtning o‘zida amalga oshirish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Mikel Arteta mashg‘ulotlarga kreativ yondashishi bilan tanilgan. Avvalroq u futbolchilarning hushyorligini oshirish uchun professional cho‘ntakkesarlarni jalb qilgan, shuningdek, jamoadagi stress darajasini pasaytirish maqsadida mashg‘ulotlarga labrador zotli itni ham olib kelgan edi.

Ayni damda «Arsenal» jamoasi Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 31 turdan so‘ng 71 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting