locale OZ

Arteta: “Arsenal” kelasi mavsumda APL'da g'alaba qozonishi kerak”

“Kanonirlar” APL turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arteta: “Arsenal” kelasi mavsumda APL'da g'alaba qozonishi kerak”
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
25.05.2025, Yak.
Saugempton
1
Arsenal
2

Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining kelasi mavsumdagi rejalari haqida gapirdi.

“Arsenal” Rodrigoga qiziqish bildiryaptimi? Men aniq bir futbolchi nomini ayta olmayman, lekin biz klubni shunday holatga keltirdikki, kelasi mavsumda asosiy sovrinni yutishimiz kerak. “Arsenal” Angliyada ham, Yevropada ham elita jamoasi ekanligiga shubha yo'q”, - deya Artetaning so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.

Eslatib o'tamiz, “Arsenal” APL turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. “Kanonirlar” hisobida 71 ochko mavjud va klub chempionlikni qo'lga kiritish uchun matematik jihatdan imkoniyatini yo'qotgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting