locale OZ

Arteta «Arsenal» hujumiga yangi futbolchi olib kelishni rejalashtirmoqda

Klub bir nechta nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.
Arteta “Arsenal” hujumiga yangi futbolchi olib kelishni rejalashtirmoqda
ФОТО: Getty images

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa hujum chizig‘ini yangi futbolchi bilan kuchaytirish niyatida. Bu haqda The Touchline xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Real” hujumchisi Vinisius Juniorni transfer qilish bo‘yicha urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlanganiga qaramay, Arteta hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi variantlarni izlashda davom etmoqda.

Vinisius Juniorning transferi amalga oshmaganidan so‘ng “Arsenal” bosh murabbiyi jamoaga yana bir hujumkor futbolchi qo‘shishni ustuvor vazifalardan biri sifatida ko‘rmoqda.

London klubi Angliya Premer-ligasidagi yangi mavsumni esa 21 avgust kuni o‘z maydonida “Coventry City”ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting