locale OZ

Arteta APLdagi uchta gʻalabasiz oʻyindan soʻng jamoaviy yigʻilish oʻtkazdi

Ushbu majlis oʻz mevasini uzoq kuttirmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arteta APLdagi uchta gʻalabasiz oʻyindan soʻng jamoaviy yigʻilish oʻtkazdi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasida ketma-ket uchta o‘yinda g‘alaba qozona olmagan «Arsenal» lagerida jiddiy gap-so‘zlar bo‘lib o‘tdi. Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha futbolchilar bilan uzoq davom etgan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Arteta majlis davomida jamoada o‘yin standartlari pasayib ketganini keskin tanqid qildi. Murabbiy diqqat-e’tiborning susayishi va qaror qabul qilishdagi kichik, ammo qimmatga tushuvchi xatolarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Muhokama davomida tajribali futbolchilardan ham mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va hal qiluvchi pallarda sovuqqonroq bo‘lish talab qilindi. Murabbiyning xabari aniq va qisqa bo‘ldi:

«Hozirgi natijalar yomon emas, lekin mavsumning ushbu pallasida shunchaki «yaxshi» natija bizga yetarli bo‘lmaydi».

Ushbu suhbat o‘z mevasini uzoq kuttirmadi. 31 yanvar kuni APLning 24-turi doirasida «Lids»ga qarshi kechgan bahsda «kanonirlar» raqibni 4:0 hisobida tor-mor keltirishdi. 24 tur yakunlariga ko‘ra, London klubi 53 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting