locale OZ

Arteta — APLda mavsumning eng yaxshi murabbiyi (BBC)

Mikel 2019 yil oxiridan buyon «Arsenal»ni boshqarib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arteta — APLda mavsumning eng yaxshi murabbiyi (BBC)
ФОТО: Getty images

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Buyuk Britaniyaning BBC teleradiokompaniyasi tomonidan «APLning 2025/2026 yilgi mavsumidagi eng yaxshi murabbiyi» mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Unga «Bornmut»dan Andoni Iraola, «Brentford»dan Kit Endryus va «Sanderlend»dan Rejis Le Bris raqobatchilik qildi.

Arteta boshchiligidagi «kanonirlar» Angliya chempioniga aylandi. Ular 38 turda 85 ochko jamg‘arib, eng yaqin ta’qibchisi «Manchester Siti»dan yetti ochkoga o‘zib ketdi. «Arsenal» 22 yil ichida ilk bor APLda g‘olib chiqdi.

Arteta London jamoasini 2019 yil dekabrdan buyon boshqarib kelmoqda. Bu davr mobaynida «Arsenal» Angliya chempionatidan tashqari Angliya Kubogi va ikki marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Микель Артета
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting