Arteta Alonsoning isteʼfosi haqida fikr bildirdi
Avvalroq «Real» jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Arteta nomzodini koʻrib chiqayotgani xabar qilingandi.
FOTO: Getty Images
«Arsenal» klubining bosh murabbiyi Mikel Arteta Madridning «Real» jamoasidan Xabi Alonsoning ketishi haqida fikr bildirdi. Alonso 12 yanvar, dushanba kuni «Real» bosh murabbiyi lavozimidan ketgan edi.
«Bu vaziyat haqida ko‘p ma’lumotga ega emasman, Alonsoning o‘zi ketishga qaror qilganmi yoki klubning qarori bo‘lganini bilmayman. Shu bois, fikr bildirish juda qiyin.
Qanday qaror qabul qilinishidan qat’iy nazar, men Xabi Alonsoning kelajagi uchun eng yaxshisini tilayman, u ajoyib inson va juda kuchli murabbiy. Ishonchim komilki, kelajakda u qiladigan ishlarning barchasi yuqori darajada bo‘ladi», — deydi Arteta.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq «Real» jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Arteta nomzodini koʻrib chiqayotgani xabar qilingandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist