«Arsenal»ning APL chempionligi uchun imkoniyatlari 91,41 foiz deb baholanmoqda – Opta
Opta superkompyuteri taxminlarini yangiladi.
ФОТО: Getty images
“Arsenal”ning APLda chempion bo‘lish imkoniyatlari oshdi.
Arteta shogirdlari 25 turdan so‘ng 56 ochko to‘plab, turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Londonliklar “Manchester Siti”dan 6 ochko, “Aston Villa”dan esa 9 ochko oldinda.
Opta superkompyuteri “to‘pchilar”ning APLda chempion bo‘lish ehtimolini 91,41 foizga baholadi. 23-turdan keyin “Arsenal”ning g‘alaba qozonish imkoniyati 84,44 foizni tashkil etgandi.
“Manchester Siti”ning chempionlik imkoniyati 7,09 foizga yetgan. “Aston Villa” — 1,36 foiz, “Chelsi” — 0,11 foiz, “Manchester Yunayted” — 0,02 foiz, “Liverpul” — 0,02 foiz deb baholangan.
Opta hisob-kitoblariga ko‘ra, APLda qolgan jamoalarning chempionlik uchun imkoniyati yo‘q.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist