locale OZ

«Arsenal»ning APL chempioni bo‘lish imkoniyatlari oshdi – Opta

Chempionlik uchun asosiy da’vogar nomi o‘zgardi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal»ning APL chempioni bo‘lish imkoniyatlari oshdi – Opta
ФОТО: Getty images

"Arsenal" Opta talqiniga ko‘ra APLning asosiy favoriti bo‘lib chiqdi.

Mikel Arteta jamoasi 7-turda "Vest Hem"ni mag‘lub etib (2:0), "Liverpul"ni ortda qoldirgan holda Angliya chempionati turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi. Londonliklar ochkolari sonini 16 taga yetkazdi.

Opta superkompyuteri mavsumning qolgan qismi uchun 10 000 ta simulyatsiya o‘tkazdi va 41,58% holatlarda "kanonirlar" g‘olib chiqdi.

Qayd etilishicha, "Liverpul" – 35,74%, "Manchester Siti" – 10,74%, "Kristal Pelas" – 4,77%, "Chelsi" – 2,02%, "Bornmut" – 1,25%, "Nyukasl" – 1,07%, "Tottenhem" – 0,98%, "Manchester Yunayted" – 0,08% ehtimol bilan chempion bo‘ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting