locale OZ

«Arsenal»ning 11 nafar futbolchisi xalqaro tanaffusdan soʻng jarohat oldi

Ayni damda londonliklar APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal»ning 11 nafar futbolchisi xalqaro tanaffusdan soʻng jarohat oldi
FOTO: Getty Images

«Arsenal» klubining 11 nafar futbolchisi terma jamoalar yig‘inidan so‘ng jarohatlanganlar ro‘yxatiga kirdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Martin Zubimendi milliy jamoa ixtiyorida jarohat olgan. Shuningdek, Bukayo Saka, Deklan Rays va Noni Madueke ham klubga turli jarohatlar bilan qaytishgan. Ulardan tashqari, quyidagi futbolchilarning salomatligida ham muammolar borligi aytilmoqda:

  • Uilyam Saliba
  • Gabriel Magalyaesh
  • Leandro Trossard
  • Eberechi Eze
  • Martin Edegor
  • Yurriyen Timber
  • Pyero Inkapye

Ayni damda «Arsenal» 70 ochko bilan Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «To‘pchilar», shuningdek, Angliya Kubogi va Chempionlar Ligasi g‘olibligi uchun ham kurashni davom ettirmoqdalar.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting