“Arsenal”ga Saliba o‘rniga Belgiya terma jamoasi himoyachisi taklif qilindi
Londonliklar markaziy himoyani kuchaytirish ustida ish olib bormoqda.
FOTO: Getty Images
CaughtOffside xabariga ko‘ra, vositachilar “Arsenal”ga Belgiya terma jamoasi va “Sporting” himoyachisi Zeno Debast nomzodini taklif qilgan. London klubi Uilyam Salibaning jarohati sabab markaziy himoyani kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli Debast taxminan 40 million yevro evaziga transfer qilinishi mumkin. Futbolchi Belgiya futbolining eng istiqbolli markaziy himoyachilaridan biri sifatida baholanmoqda va ba’zilar uni hatto “yangi Vensan Kompani” deb atamoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” asosiy himoyachisi Uilyam Saliba belidan olgan jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqqan. Klub hozirda uning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan bir nechta nomzodlarni o‘rganmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist