«Arsenal»da qaysi futbolchi eng ko‘p maosh olishi e’lon qilindi
Transfermarkt portali “Arsenal” klubi futbolchilarining yillik maoshlari haqida qiziqarli reytingni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, jarohati sabab jamoadan uzoqda qolayotgan Kay Havertz “to‘pchilar” safida eng yuqori maosh oluvchi futbolchi bo‘lib turibdi. Germaniyalik futbolchi yiliga 16,9 million yevro ish haqi oladi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Ikkinchi o‘rinni yana bir jarohat olgan hujumchi – Gabriel Jezus egallagan. Uning yillik maoshi 16 million yevroga teng.
Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda klub yetakchilari Martin Edegor hamda Deklan Rays joy olgan. Har ikkisi ham yiliga 14,5 million yevro oladi.
Yaqinda jamoadan joy olgan Viktor Dyokeresh beshinchi pog‘onaga joylashdi. Uning maoshi 12 million yevro.
Reytingdagi so‘nggi o‘rinlar ham qiziqarli: yozgi transferlar vaqtida kelgan yarim himoyachi Martin Subimendi 19-o‘rinda – uning yillik maoshi bor-yo‘g‘i 4,5 million yevro.