locale OZ

«Arsenal» Zommerni zahira darvozaboni sifatida ko‘rib chiqmoqda

Zommer uch mavsum davomida Inter sharafini himoya qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Zommerni zahira darvozaboni sifatida ko‘rib chiqmoqda
ФОТО: Getty images

Arsenal klubi Interning sobiq darvozaboni Yan Zommerni tajribali va nisbatan arzon variant sifatida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 37 yoshli shveysariyalik posbon hozirda erkin agent hisoblanadi. Uning Inter bilan shartnomasi yakunlangan va 30 iyun kuni Milan klubi Zommerning jamoani tark etganini rasmiy e’lon qilgan.

Zommer uch mavsum davomida Inter sharafini himoya qildi va shu vaqt ichida jamoa bilan to‘rtta sovrin qo‘lga kiritdi.

Xabar qilinishicha, ayni paytda futbolchini qo‘lga kiritish poygasida Belgiya klubi Bryugge yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Niderlandiyaning Ayaks klubi ham tajribali darvozabonga qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Arsenalning yana bir darvozaboni Kepa Arrisabalaga Italiya klublarining qiziqishi ortidan jamoani tark etishni xohlamoqda. Shu sababli londonliklar David Raya uchun ishonchli zahira variantini izlashni boshlagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting