locale OZ

«Arsenal» Zinchenkoning «Ayaks»ga oʻtishidan qancha foyda koʻrishi maʼlum boʻldi

Ukrainalik futbolchi bugun Amsterdam klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Zinchenkoning «Ayaks»ga oʻtishidan qancha foyda koʻrishi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi chap qanot himoyachisi va Ukraina terma jamoasi a’zosi Aleksandr Zinchenko APLni tark etib, Niderlandiya chempionatiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi.

Taniqli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko‘ra, bugun, 30 yanvar kuni futbolchi Amsterdamga yo‘l oladi va u yerda mahalliy «Ayaks» klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Ushbu transferning moliyaviy tafsilotlari ham ma’lum: Amsterdam klubi Zinchenko uchun «kanonirlar»ga 1,5 million yevro to‘laydi. Shuningdek, kelishuvda futbolchining Chempionlar Ligasidagi ko‘rsatkichlariga qarab qo‘shimcha bonuslar ham ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Aleksandr joriy mavsumning birinchi qismini ijara asosida «Nottingem Forest» safida o‘tkazdi. U «o‘rmonchilar» tarkibida 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq samarali harakatlarni amalga oshira olmadi. Tajribali himoyachining «Arsenal» bilan amaldagi bitimi 2026 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting