«Arsenal» yozda uch nafar futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi
Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
ФОТО: Getty images
Londonning "Arsenal" klubi yozgi transferlar oynasi vaqtida uch futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, klub top-vinger, yarim himoyachi va oʻng qanot himoyachisini sotib olish niyatida.
Taʼkidlanishicha, "kanonirlar" uchdan ortiq oʻyinchi bilan ham shartnoma imzolashi mumkin, ammo bu boshqa futbolchilarning ketishiga ham bogʻliq.
Murabbiy Mikel Arteta jamoasi oʻtgan mavsumda APL chempioni boʻldi, shuningdek, Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi va u yerda Fransiyaning "PSJ"siga imkoniyatni boy berdi (1:1, pen. 3:4).
Avvalroq "Arsenal" va "Manchester Yunayted" "Milan" vingeri Rafael Leau uchun kurash olib borishi haqida xabar berilgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist