“Arsenal” yozda transferlarga qancha pul sarflashi ma'lum bo‘ldi
Photo: Getty Images
Londonning “Arsenal” klubi yozgi transfer oynasi uchun qancha mablag‘ ajratishi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “to‘pchilar” bosh murabbiyi Mikel Arteta yangi futbolchilarni xarid qilish uchun 100 million funt sterling sarflashi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, futbolchilarni sotish orqali olingan mablag‘lar ham transfer byudjetiga qo‘shimcha qilinadi.
Ma'lumot o‘rnida, “Arsenal” 36-turdan so‘ng APLda 2-o‘rinni egallab turibdi. “Arsenal” hisobida 68 ochko bor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist