locale OZ

“Arsenal” yozda ololmagan futbolchini qishda yana transfer qilishga urinadi

Londonliklar 23 yoshli Angliya terma jamoasi futbolchisini yozda ham o‘z safiga qo‘shishga uringan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Arsenal” yozda ololmagan futbolchini qishda yana transfer qilishga urinadi
Foto: Getty Images

“Arsenal” Leverkuzenning “Bayer” klubi himoyachisi Jarrell Kuansa uchun qishki transfer oynasida yana taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Londonliklar 23 yoshli Angliya terma jamoasi futbolchisini yozda ham o‘z safiga qo‘shishga uringan edi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Arsenal” avgust oyida Kuansa uchun 65 million yevro taklif qilgan, biroq “Bayer” bu taklifni rad etgan. Germaniya matbuoti va Sky ham yozgi taklif miqdori 60 million yevro hamda 5 million yevrogacha bonuslardan iborat bo‘lganini qayd etgan.

London klubi futbolchiga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolgan va yanvar oyida yangi taklif tayyorlashi aytilmoqda. Kuansa uchun kurashda “Arsenal”ga “Chelsi” ham raqobat qilishi mumkin. Shu bilan birga, boshqa manbalarda futbolchining 2027-yil yozida “Bayer”ni tark etish ehtimoli yuqori ekani va unga “Real Madrid” hamda “Liverpul” ham qiziqayotgani yozilgan.

Ma’lumot uchun, Jarrell Kuansa “Bayer” safida 2025-yildan buyon to‘p surmoqda. Uning nemis klubi bilan shartnomasi 2030-yil yozigacha amal qiladi. Joriy Bundesliga mavsumida himoyachi to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting