«Arsenal» yozda Gyokeresh bilan xayrlashishga tayyor — manba
Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2030 yilda yakuniga yetadi.
FOTO: Getty Images
«Arsenal» kelayotgan yozgi transferlar oynasida 27 yoshli hujumchi Viktor Gyokereshning transferi bo‘yicha har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda indykaila News nashri xabar bermoqda.
London klubi shvetsiyalik hujumchini 2025 yilning yozida «Sporting»dan 70 million yevro evaziga sotib olgan edi. O‘tgan davr mobaynida Gyokeresh barcha turnirlar doirasida 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist