locale OZ

«Arsenal» Yildiz uchun 100 million yevro taklif qilmoqchi

Turinliklar o‘z futbolchisini 100 million yevro atrofida baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Yildiz uchun 100 million yevro taklif qilmoqchi
Фото: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi «Yuventus»ning turkiyalik vingeri Kenan Yildiz transferi uchun katta taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

Italiyaning Corriere dello Sport nashri xabariga ko‘ra, agar «Yuventus» yana Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, bu Yildizning klubdan ketish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi. Ta’kidlanishicha, turinliklar o‘z futbolchisini 100 million yevro atrofida baholamoqda.

«Yuventus» Yildiz bilan xayrlashishni istamayapti, biroq uning sotuviga evaziga klub tarkibini kuchaytirish uchun ikki nafar hujumchi xarid qilishi mumkin.

Tuttomercatoweb ma’lumotiga ko‘ra, «Arsenal» Yildiz transferi uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishga tayyor. Londonliklar «Yuventus»ning talabini qondirib, futbolchi uchun 100 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.

21 yoshli Yildiz joriy mavsumda Italiya chempionatida hozircha 1 ta uchrashuvda maydonga tushdi va golli harakatlari bilan ajralib turmadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting