«Arsenal» yarim himoyachisi A Seriya klubiga oʻtishi mumkin
Photo: Getty Images
“Arsenal” yarim himoyachisi Fabiu Vieyra faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
TUTTOmercatoWEB nashri xabariga koʻra, “Parma” klubi unga qiziqmoqda. Klubning yangi bosh murabbiyi Karlos Kuesta oʻzi Shimoliy Londonda murabbiylik qilgan futbolchi bilan yana birga ishlashga intilmoqda.
Futbolchi 2022 yilda 35 million yevro va 5 mln bonus evaziga “Portu”dan “kanonirlar” safiga kelib qoʻshilgandi.
Eslatib oʻtamiz, Vieyra 2024/25 yilgi mavsumda "Portu" safida 42 ta oʻyinda maydonga tushgan. U 5 ta gol urib, 6 ta assist berdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor