«Arsenal» yangi uy formasini taqdim etdi
Ayni paytda “to‘pchilar” Angliya Premer-ligasi jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
ФОТО: Getty images
“Arsenal” rasmiy sayti orqali 2026/2027 yilgi mavsum uchun yangi uy o‘yin formasini taqdim qildi.

Klub bayonotida ta’kidlanishicha, yangi dizayn jamoaning an’anaviy uslubiga sodiq qolgan: asosiy qismdagi to‘q qizil rang oq yenglar bilan uyg‘unlashib, “Arsenal”ga xos bo‘lgan tanish ko‘rinishni yaratadi. Shuningdek, libos dizaynida Emirates stadioniga ishora qiluvchi mayda detallar ham mujassam — jumladan, tom konstruksiyasidan ilhomlangan yoqa qismi va forma yuzasi bo‘ylab joylashgan engil qizil naqshlar unga chuqurlik va o‘ziga xos to‘qimalik baxsh etadi.

Ayni paytda “Arsenal” Angliya Premer-ligasi jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Londonliklar 36 ta o‘yindan so‘ng 79 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist