«Arsenal» Vlahovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi Turinning "Yuventus" jamoasi hujumchisi Dushan Vlahovichga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda One Football nashri Mundo Deportivo manbasiga tayanib xabar tarqatdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, "kanonirlar" 26 yoshli forvardni bepul tarzda o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Chunki futbolchining "Yuventus" bilan shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum yakunida tugaydi. Kutilmoqda, Vlahovich yozgi transfer oynasida klubni tark etadi.
Shuningdek, serbiyalik hujumchiga Madridning "Atletiko", "Milan" hamda "Bavariya" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Vlahovich "Yuventus" safida 18 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol va 1 ta assist qayd etgan. Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.