«Arsenal» Vinisiusni diqqat bilan kuzatmoqda
Futbolchiga qiziqish bildirgan bir nechta klub bilan dastlabki aloqalar ham o‘rnatilgan.
ФОТО: Getty images
Londonning "Chelsi" klubi "Real" Madrid hujumchisi Vinisius Juniorning vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqda ma'lum qilishicha, braziliyalik futbolchining vakillari Angliya Premer-ligasining beshta klubiga Vinisius faoliyatini Angliyada davom ettirish ehtimolini istisno qilmayotganini aytib o‘tgan.
Manbaga ko‘ra, futbolchiga qiziqish bildirgan bir nechta klub bilan dastlabki aloqalar ham o‘rnatilgan.
Qayd etilishicha, agar Vinisius transfer bozorida sotuvga qo‘yilsa, "Chelsi" uni qo‘lga kiritish uchun yirik mablag‘ sarflash imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.
Avvalroq turli manbalar Vinisius Juniorning "Real"dagi jamoadoshi Kylian Mbappe bilan munosabatlari tarang ekani haqida xabar bergan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist