locale OZ

«Arsenal» Vinisius uchun rekord maosh taklif qilishga tayyor

Bu haqda The Times nashri xabar berdi.
«Arsenal» Vinisius uchun rekord maosh taklif qilishga tayyor
ФОТО: Getty images

"Arsenal" klubi "Real" hujumchisi Vinisius Juniorni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lsa, uni jamoada eng yuqori maosh oluvchi futbolchiga aylantirishi kerak bo‘ladi. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "kanonirlar" Vinisiusning "Real" bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarida kelishmovchiliklar yuzaga kelganidan so‘ng uni transfer qilish imkoniyatini jiddiy o‘rganmoqda.

Hozirgi vaqtda "Arsenal"da eng katta maoshni Bukayo Saka oladi. Uning yillik maoshi soliqlardan avval 18,2 million yevroga teng.

Vinisius esa ayni paytda "Real"da soliqlar to‘langanidan keyin taxminan 14,9 million yevro maosh olmoqda. Madrid klubi unga yangi shartnoma doirasida yillik 20 million yevrodan ortiq maosh taklif qilgan.

Biroq braziliyalik yulduz o‘z shartnomasini uzaytirish uchun yiliga taxminan 30 million yevro maosh talab qilmoqda. Shu sababli, agar "Arsenal" uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lsa, Vinisiusga klub tarixidagi eng yirik shaxsiy shartnomalardan birini taklif etishiga to‘g‘ri keladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting