locale OZ

“Arsenal” Vinisius uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor

Hozircha “Arsenal” yoki “Real Madrid” tomonidan rasmiy taklif va muzokaralar haqida ma’lumot berilmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Arsenal” Vinisius uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor
Foto: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi “Real Madrid” hujumchisi Vinisius Juniorni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

El Desmarque nashri ma’lumotiga ko‘ra, “kanonirlar” braziliyalik futbolchi transferi uchun taklifni 150 million yevrogacha oshirishga tayyor. Shuningdek, “Arsenal” Vinisiusga mavsumiga 30 million yevro miqdorida maosh taklif qilishi mumkin.

Xabarda qayd etilishicha, haqiqiy muzokaralar faqat Vinisiusning o‘zi transferga rozilik bildirgan taqdirdagina boshlanadi. Braziliyalik hujumchi “Real Madrid” bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda ham aynan shunday maosh talab qilayotgani aytilmoqda.

Hozircha “Arsenal” yoki “Real Madrid” tomonidan rasmiy taklif va muzokaralar haqida ma’lumot berilmagan. Shu sababli mazkur xabar transfer mish-mishi sifatida baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting