locale OZ

«Arsenal» Vinisius transferiga ishonmoqda

Madrid klubi rahbariyati ham "Arsenal"ning Vinisiusga jiddiy qiziqishi haqida xabardor.
"Arsenal" Vinisius transferiga ishonmoqda
ФОТО: Getty images

"Arsenal" rahbariyati "Real" vingeri Vinisius Juniorni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatiga ishonmoqda. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "to‘pchilar"ning sport direktori Andrea Berta klub ichidagi ko‘plab insonlarga, jumladan futbolchilarga ham ushbu transfer muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonayotganini bildirgan.

Shuningdek, bosh murabbiy Mikel Arteta Vinisius bilan suhbat o‘tkazib, uni o‘z loyihasida qanday o‘rinda ko‘rayotganini tushuntirgan. Braziliyalik hujumchi esa, agar "Real"ni tark etishga qaror qilsa, "Arsenal"ni o‘zi uchun munosib variant deb hisoblamoqda.

Xabarda aytilishicha, Madrid klubi rahbariyati ham "Arsenal"ning Vinisiusga jiddiy qiziqishi haqida xabardor.

Shu bilan birga, "Real" rahbariyati Vinisius bilan shartnomani faqat klub shartlari asosida uzaytirishga tayyor. Futbolchiga jamoadagi hech bir o‘yinchi klub manfaatlaridan ustun bo‘la olmasligi ochiq aytilgan.

Avvalroq "Real" Vinisius Juniorga yaxshilangan shartnoma taklif qilgani, unda futbolchining jamoa va klub loyihasidagi muhim o‘rni inobatga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting