\"Arsenal\" Vinisius transferi imkoniyatini o‘rganmoqda
Londonning "Arsenal" klubi Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Vinisius Juniorni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Nufuzli jurnalist Devid Ornshteynning ma'lum qilishicha, braziliyalik futbolchini transfer qilish g‘oyasi klub rahbariyati tomonidan ma'qullangan. Ayni paytda "Arsenal" ushbu transferning moliyaviy va sport jihatlarini batafsil tahlil qilmoqda.
Biroq hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanganiga oid ma'lumot yo‘q. Shuningdek, "Arsenal" tomonidan "Real Madrid"ga rasmiy taklif yuborilgani ham tasdiqlanmagan.
Ma'lumot uchun, Vinisius Juniorning "Real Madrid" bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Shu sababli futbolchining transferi amalga oshishi uchun London klubi yirik miqdordagi transfer mablag‘ini ajratishi talab etiladi.