locale OZ

“Arsenal” Vinisius o‘rniga “Barselona” hujumchisiga qiziqmoqda

Avvalroq Vinisius “Real Madrid”da qolishga qaror qilgani va klub bilan yangi shartnoma imzolagani xabar qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Arsenal” Vinisius o‘rniga “Barselona” hujumchisiga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi “Barselona” hujumchisi Ferran Torresga qiziqish bildirmoqda.

CaughtOffside ma’lumotiga ko‘ra, “kanonirlar” vakillari 26 yoshli ispaniyalik futbolchining holati haqida muntazam ma’lumot berib turishni so‘ragan. London klubi Vinisius Junior transferi amalga oshmay qolganidan so‘ng Ferran Torres variantiga e’tibor qaratishi mumkin.

Avvalroq Vinisius “Real Madrid”da qolishga qaror qilgani va klub bilan yangi shartnoma imzolagani xabar qilingandi. Shu sababli “Arsenal” hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.

Ferran Torresning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozida yakuniga yetadi. Hozircha tomonlar yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni boshlamagan.

Shuningdek, futbolchiga PSJ ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, Parij klubi Ferran transferi ustida allaqachon ish olib bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting