«Arsenal» vingeri Martinelli Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin
Martinellining o‘zi esa Yevropada qolishni afzal ko‘rmoqda.
ФОТО: Getty images
"Arsenal" vingeri Gabriel Martinelli faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Insayder Fabrizio Romano ma'lumotiga ko‘ra, "Al-Hilol" braziliyalik futbolchini qanot hujumi pozitsiyasi uchun o‘zining qisqa ro‘yxatiga kiritgan. Ro‘yxatda jami uch nafar futbolchi bor, ulardan biri — "Chelsi"ning portugaliyalik vingeri Pedru Netu.
Martinellining o‘zi esa Yevropada qolishni afzal ko‘rmoqda. Biroq "Al-Hilol" uni asosiy maqsad sifatida tanlasa, saudiya klubi tomonidan moliyaviy jihatdan jozibador taklif futbolchining fikrini o‘zgartirishi mumkin.
Avvalroq Martinelliga Italiyaning "Napoli" va Turkiyaning "Galatasaray" klublari qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.