“Arsenal” Viktor Gyokeresh bo‘yicha qaror qabul qildi
“Arsenal” hujumchisi Viktor Gyokeresh kelgusida London klubini tark etishi mumkin. “Kanonirlar” shvetsiyalik futbolchini sotishga tayyor, biroq buning uchun avvalo uning o‘rniga yuqori saviyadagi yangi hujumchi topilishi kerak. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Arsenal”ning hujum chizig‘i uchun asosiy istagi Madridning “Atletiko” klubi forvardi Xulian Alvares bo‘lib qolmoqda. Biroq argentinalik futbolchi faoliyatini “Barselona”da davom ettirishni istamoqda. Shu sabab londonliklar hozircha Gyokereshni qo‘yib yuborishga tayyor emas.
“Arsenal” yana bir variant sifatida “Al-Ahli” hujumchisi Ayven Tonini ham ko‘rib chiqmoqda. Biroq ingliz forvardi Kay Havertsning asosiy tarkibdagi o‘rniga da’vogar emas, balki aynan Gyokeresh ketgan taqdirda uning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchi sifatida baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Viktor Gyokeresh “Arsenal”ga 2025-yilda “Sporting”dan 65,8 million yevroga yaqin summa evaziga o‘tgan. U Angliyadagi ilk mavsumida barcha turnirlarda 55 ta o‘yinda 21 ta gol urdi. 2026/27-yilgi mavsum boshida esa Kay Haverts asosiy hujumchi sifatida ko‘proq imkoniyat olmoqda.